korzinka
0

Ucell Raqam tanlash xizmati

Endi Ucell abonentlarida, shuningdek, Ucell tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini tanlash va oldindan buyurtma berishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi.


1-savol: "Raqam tanlash" xizmati yordamida qanday raqamlarni tanlash mumkin?

1-javob: "Raqam tanlash" xizmati yordamida, Kompaniya saytidagi "Raqam tanlash" bo‘limida mavjud bo‘lgan va faqatgina Simple toifasidagi raqamlarni tanlash imkoniyati mavjud. Bo‘limdagi ro‘yxatda taqdim etilmagan raqamlarni tanlash va band qilish amalga oshirilmaydi.


2-savol: Tanlangan raqamni qachon band qilib qo‘yish va ulatish mumkin?

2-javob: Saytda raqamlarni band qilish uzluksiz ishlaydi. Band qilingan raqamlarni olish Kompaniya ofislarida, ularning ish tartibiga mos holda amalga oshiriladi.


3-savol: Tanlangan raqamni zaxiralashning eng uzoq muddati qanday?

3-javob: Zaxiralashning eng uzoq muddati – 3 kun (72 soat). Ushbu muddat tugaguncha ulanish amalga oshirilmasa, zaxiralash bekor qilinadi va raqam qaytadan sayt orqali sotuvga qo‘yiladi.


4-savol: "Raqam tanlash" xizmatining narxi qancha?

4-javob: "Raqam tanlash" xizmati bepul taqdim etiladi. Ammo, zaxiralangan raqamni ulatishda abonent o‘z hisobini kamida 10 000 so‘mga to‘ldirishi kerak, va zarur bo‘lsa, tanlangan tarif reja shartlariga muvofiq kunlik/oylik abonent to‘loviga teng bo‘lgan pul miqdoriga to‘ldirishi lozim.


"Raqam tanlash" xizmatiga o'tish


Manba: Uzmobi

Yaqinda ko'rganlaringiz