korzinka
0

Ucell restart xizmati

«Restart» xizmati – bu oylik abonent to‘lovining yechilishini mustaqil tarzda tashkillashtirish hamda joriy tarif rejasi bo‘yicha limitlarni olish imkoniyatidir.

Xizmatlarni qulay boshqarish uchun Ucell mobil ilovasini yuklab oling. 

«Restart» xizmatini faollashtirish uchun *222# USSD-so‘rovini yuborish lozim.


«Restart» xizmatidan faqat raqami faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.

«Restart» xizmati faqat quyidagi tariflar abonentlari uchun amal qiladi:
tariflar tizimlari:- «Sof»
- «Kayfiyat»
- «Active»
- «Tantana»
- «COSMO»
- «Special» («Special Unlim» tarifidan tashqari)
- «Special+»
tarif rejalari:- «Start 10»
- «Ovoz 15»
- «Internet 60»
- «Student»


«Restart» xizmatini faollashtirganda:

- oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi yangidan (xizmat faollashtirilgan kun qilib) o‘rnatiladi;
- «Active» va «Kayfiyat» tizimlaridagi tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi bekor qilinadi va abonent to‘lovining yechilish shartlari o‘zgaradi: oylik abonent to‘lovi har qanday ijobiy hisob holatida to‘liq hajmda yechiladi, ya’ni oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent to‘lovining yechilishida abonentning hisobi qarzga kiradi va raqam bloklanadi).

«Restart» xizmatidan kalendar kuni (soat 00:00 dan to 23:59 gacha) mobaynida faqat 1 marta foydalanish mumkin.

«Restart» xizmatini faqat o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir ochiq tarif rejasiga almashtirgan holdagina o‘chirish mumkin.

«Restart» xizmati muayyan tarif uchun ishlashining batafsil shartlari o‘sha tarif haqidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan.


Manba: Uzmobi

Yaqinda ko'rganlaringiz