Men Kimman?" xizmati
Endi siz zarurat tug‘ilgan vaqtda o‘z raqamingiz va boshqa foydali ma‘lumotlarni *450# raqamiga USSD so‘rov yuborib bilib olishingiz mumkin.
Xizmat bepul. Xizmat bo‘yicha bir kunda faqat besh marotaba so‘rov yuborish mumkin.
*450# raqamiga jo'natilgan so‘rovga abonentlar quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin:
- SIM-karta nomiga rasmiylashtirilgan abonentning FIO;
- so‘rov yuborilgan abonent raqami;
- ushbu raqam uchun amalda bo‘lgan tarif rejasi;
- tarif rejasi bo‘yicha abonent to'lovi yechiladigan keyingi sana*;
- so‘rov yuborish vaqtiga ko‘ra raqam holati;
- ushbu raqam tegishli bo‘lgan tizim.
* Abonent to‘lovining navbatdagi yechilish sanasi joriy davr uchun abonent to’lovi muvaffaqiyatli yechilgan bo’lsagina aks etadi.
Manba: Uzmobi