Paket | USSD/SMS* | Narxi |
«100 daqiqa» | 7*1*100 Chaqiruv yoki | 6 000 so'm |
«200 daqiqa» | 7*1*200 Chaqiruv yoki | 10 000 so'm |
Ovozli paketlarni faollashtirish Kompaniya ofislarida ham yozma ariza asosida, Shaxsiy kabinetda amalga oshiriladi.
Ovozli paketlarning amal qilish muddati - taqdim etilgan kundan boshlab 30 kun.
Ovozli paketlarning harakati barcha abonentlarga tegishli (jismoniy shaxslar, 18 yoshga to'lgan-O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, doim O'zbekiston Respublikasi hududida yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega bo'lgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, hamda yakka tadbirkorlar va yuridik shaxslar, shu jumladan korporativ abonentlar ham)
Paketdagi limitdan ortiq qo'ng'iroqlar narxi-tanlangan tarif bo'yicha
Taqdim etilgan Ovozli paketlardagi kiruvchi qo'ng'iroqlar limitni sarflamaydi va tanlangan tarif bo'yicha haq olinadi.
Ovozli paketlarda taqdim etilgan limitning sarflanmagan qoldig'i kuyadi.
Agar tarif quyidagilarni o'z ichiga olsa:
• HAR OYGI ovozli limit: ovozli paketlar faollashtirilganda, birinchi navbatda ovozli paketlar sarflanadi.
• HAR KUNGI ovozli limit: Ovozli paketlar faollashtirilganda birinchi navbatda ovozli paketlar sarflanadi, Ovozli paketlardan foydalanilmasa, Ovozli paketlarga taqdim etilgan vaqt uchun tarifdagi kunlik ovoz limiti kuyadi.
Agar har qanday Ovozli paket faollashtirilgan vaqtda "Tungi qo'ng'iroqlar" xizmatiga ulanilsa, chiquvchi qo'ng'iroqlar "Tungi qo'ng'iroqlar" xizmati shartiga muvofiq sarflanadi.
Bir vaqtning o'zida 5 dan ortiq Ovozli paketdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. 5 ta ovozli paketdan foydalanuvchi abonentlar 6-ni faollashtirishi mumkin, faqat amaldagi 5 ta Ovozli paketlardan biri tugaganidan so'ng.
Tarifga kiritilgan ovozli limit faqat u to'liq sarflanganidan keyin yoki Ovozli paketlar mavjud bo'lmaganda amal qiladi.
Ovozli paketga kiritilgan ovozli limit tugagandan so'ng yoki ovozli paketning amal qilish muddati tugagach, paketlardagi limitdan oshgan qo'ng'iroqlar narxi tanlangan tarifga muvofiq belgilanadi.
Ovozli paket faollashtirilib keyingi Ovozli paket ulanilsa - daqiqalar qo'shiladi.Qo'shilgan daqikalarning amal qilish muddati oxirgi ovozli paket ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun.
Ovozli paketdan foydalanishning ustuvorligi: ovozli paket -> "tarifli paket" -> tarifdagi ovozli limit. Agar "Tarifli paket"ga ovozli paketni faollashtirishdan oldin ulanilgan bo'lsa, avval "Tarifli paket"dagi limit sarflanadi.